Daryo

UFC 302. Islom Maxachev Poryeni muddatidan oldin mag‘lub etdi va chempionlik kamarini saqlab qoldi

AQSHda UFC’ning navbatdagi raqamli turniri bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish38 044 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Nyu-Jersi shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 2-iyun tongida UFC 302 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi Islom Maxachev va Dastin Porye o‘rtasida kechdi. Birinchi raundda Maxachev Poryeni teykdaun yordamida parterga oldi. Islom raqibini bo‘g‘ishga urindi. Porye esa vaziyatdan chiqib ketishi qiyin bo‘ldi. Dastin birinchi raundni to‘liq yerda o‘tkazdi.

Ikkinchi raund ham Maxachevning ustunligi bilan yakunlandi. Uchinchi raundning boshida Porye ikki bor tizza zarbasini o‘tkazib yubordi. Yana hujumga o‘tgan Islom raqibini teykdaunga oldi. Raund so‘nggida ikki jangchi ham zarbalar almashib oldi. To‘rtinchi raundda jangchilar yana bir-biriga zarbalar bilan javob qaytardi.

Beshinchi raundda esa Islom Poryeni bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi.

UFC 302 turnirining qolgan natijalari bilan tanishing:

  • Shon Striklend (28-6) to‘liq davom etgan jangda Paulo Kosta (14-3) ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi;
  • Kevin Holland (26-11) Mixal Olekseychuk (19-8) ustidan 1-raundda g‘alaba qozondi;
  • Jailton Almeyda (21-3) Aleksandr Romanovni (17-3) 1-raundda bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi;
  • Rendi Braun (19-5) Elizeu Zaleski dos Santosni (24-8-1) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi;
  • Roman Kopilov (13-3) Sezar Almeydani (5-1) ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar