Daryo

Qudratillo Abduqahhorov ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchradi

O‘n raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi

1 daqiqa o‘qish21 597 ko‘rishlar0 izoh0

Super yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov (20-3-0) AQSHning Texas shtatida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: “Olamsport”

Unga Gran-pri ko‘rinishidagi OTX turnirining 1/4 finalida gretsiyalik Andres Katsurakis (13-0-0) raqiblik qildi. 

O‘n raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berdi. Hakamlar 95-95, 99-92, 94-94 hisobidagi g‘alabani Andresga berishdi. 

Jang davomida Qudratillo ustunlikka erishgandi. Ammo hakamlarning yakuniy qarori boshqacha bo‘lib chiqdi. Grek bokschisi turnirning 1/2 finaliga yo‘l oldi.

Havaskor boksda 250 ta jang o‘tkazgan bokschi 200 ta jangda g‘alaba qozongan. Qudratillo 2015-yildan beri professional janglarda qatnashib kelmoqda. 

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar