Daryo

Abbosbek Fayzullayev “SSKA”dagi mavsumini sarhisob qildi

“Mavsumni sovrin bilan yakunlashni xohlagandik”, — deydi o‘zbekistonlik futbolchi

1 daqiqa o‘qish17 960 ko‘rishlar0 izoh0

“SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Vladimir Fedotov boshqaruvidagi jamoasining joriy mavsumdagi natijalarini sarhisob qildi.

Foto: Getty Images

Bir so‘z bilan aytganda, “SSKA” uchun mavsum? O‘rtacha. Afsuski,  klub Rossiya kubogi superfinaliga chiqa olmadi. Mavsumni sovrin bilan yakunlashni xohlagandik. “Zenit”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganimiz xafa qiladi, lekin bu lotereya”, — deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi Sport24 sayti.

Ma’lumot uchun, Rossiya Premyer Ligasining 2023—2024-yilgi mavsumi 29-turidan so‘ng “SSKA” 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Fayzullayev 2023-yilning yozidan beri Rossiya jamoasida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘zbekistonlik futbolchining “SSKA” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan va shartnomani 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Nufuzli Transfermarkt onlayn portali Abbosbekning bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar