Daryo

Tojikistonda jodugar va folbinlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Sehr-jodu va fol ochish bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan jarima miqdori ham oshiriladi

1 daqiqa o‘qish15 688 ko‘rishlar0 izoh0

Tojikiston Jinoyat kodeksiga jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha modda kiritildi. Bu haqda mamlakat parlamentining rasmiy nashri “Sadoi mardum” xabar berdi.

Illyustrativ foto: vk.com

Yangi 240-moddaga (Jodugarlik va folbinlik qilish) ko‘ra, ma’muriy jazo qo‘llangan kundan boshlab bir yil ichida qayta sehr-jodu va fol ochish bilan shug‘ullanilsa, jinoiy javobgarlik belgilanadi. Biroq tegishli moddada qanday jazo nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shunga o‘xshash modda qayta ko‘rib chiqilgan. Xususan, endi jodugarlik va folbinlik uchun jarima miqdori oshiriladi va muqobil jazo sifatida ma’muriy qamoq jazosi beriladi. Deputatlar jarima miqdori yoki qamoq muddati borasida ham aniq ma’lumot bermagan.

Avvalroq Tojikistonda jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanganlik uchun jazo (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasi) hisob ko‘rsatkichining 40 dan 50 barobarigacha (16-may kungi kurs bo‘yicha 1 barobar 70 somoniy — 81 ming so‘m) jarima nazarda tutilgandi. Qoidabuzarliklar takrorlangan taqdirda jarima miqdori hisob ko‘rsatkichining 60-100 baravarigacha oshirilishi mumkin edi.

Tojikiston rasmiylari bu yil jodugarlarga qarshi kurashishni e’lon qildi. Aprel oyida Ichki ishlar vazirligi tabiblar va sehrgarlar 6 oygacha majburiy mehnatga majburlanishini maʼlum qilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar