Daryo

Mayk Tayson va Jeyk Pol nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi

57 yoshli boks afsonasi va 27 yoshli videobloger o‘rtasidagi jang iyul oyida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish21 715 ko‘rishlar0 izoh0

Boks afsonasi Mayk Tayson va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang iyul oyida bo‘lib o‘tadi.

Tayson va Pol ilk bor nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi. 

Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik ko‘rgazmali jang bo‘ladi. Jang 21-iyul kuni Dallasdagi 80 ming tomoshabin sig‘imiga ega “Ey-ti-end-ti” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda bloger Jeyk Pol podkastlarining birida hazil tariqasida Mayk Taysonni jangga chaqirgandi. “Mayk, agar sen ushbu podkastni ko‘rayotgan bo‘lsang, kel, biroz zavqlanamiz. Yangi maktab eski maktab vakiliga qarshi. Menimcha, muxlislar ham buni ko‘rishni xohlaydi”, — deb aytgandi Jeyk.

YouTube bloger Jeyk Pol boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan so‘nggi jangida Rayan Burland ustidan g‘alaba qozongan.

Qayd etib o‘tish joiz, Mayk Tayson 2023-yilning noyabr oyida Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar