Daryo

Bektemir Meliqo‘ziyev yuqoriladi, Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov o‘z o‘rnida qoldi, Isroil Madrimov chempion. WBA reytingi yangilandi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi aprel oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish23 768 ko‘rishlar0 izoh0

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi.

Foto: Google Images

Unga ko‘ra, 3 nafar bokschimiz reytingda yuqoriladi. Botir Ahmedov esa ikki pog‘ona pastladi. Reytingda umumiy 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.

Aprel oyida yangilangan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Hasanboy Do‘smatov — (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin edi);
  • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
  • Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 9-o‘rin (o‘tgan oyda 10-o‘rin edi);
  • Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — 3-o‘rin (u o‘tgan oyda 4-o‘rinda edi);
  • Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 9-o‘rin (o‘tgan oy 7-o‘rinda edi);
  • Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
  • Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — vazn chempioni;
  • Bektemir Meliqo‘ziev (super o‘rta vazn) — 4-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar