Daryo

Jervonta Devisning keyingi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi 

Jang iyun oyida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish17 479 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikalik bokschi Jervonta Devisning keyingi jangi aniq bo‘ldi.

Devisning (29-0) raqibi Amerika vakili Frenk Martin (18-0) bo‘ladi.

Bokschilar o‘rtasidagi jang 15-iyunda bo‘lib o‘tadi. Ushbu oqshomning asosiy jangi Aleksandr Gvozdik va David Benavides o‘rtasidagi kamar uchun jang bo‘ladi. Boks kechasi Las-Vegasda (AQSH) MGM Grand Garden Arena’da o‘tadi. 

Martin 2023-yil iyul oyida hakamlar qaroriga ko‘ra Artyom Arutyanyanni mag‘lub etgandi.

Devis esa 2023-yilning aprelida Rayan Garsiyani texnik nokautgan uchratgan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar