Daryo

Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Pyer Dibombedan og‘irroq tosh bosdi

Bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish20 672 ko‘rishlar0 izoh0

Professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10KO) O‘zbekiston vaqti bilan 21-aprel tongida o‘zining 15-jangini o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo‘lgan Bektemir o‘sha kuni fransiyalik Pyer Yuber Dibombega (22-0-1, 12KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak jangda Meliqo‘ziyev o‘ziga tegishli kamarni himoya qiladi.

Jang oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi:

  • Bektemir Meliqo‘ziyev — 76,11 kg (167,8 funt) 
  • Pyer Dibombe — 75,57 kg ( 166,6 funt)

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomining asosiy jangi birinchi yarim o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Heyni hamda Rayan Garsiya o‘rtasida kechadi. 

Ma’lumot uchun, Bektemir shu kungacha professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. Meliqo‘ziyev hisobida bitta mag‘lubiyat bor.

Uning raqibi Yuber esa 23 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan. Dibombe ham Bektemir Meliqo‘ziyev singari bir marotaba mag‘lub bo‘lgan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar