Daryo

Abduqodir Husanov “Golden boy — 2024” sovriniga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi

“Barselona”ning 16 yoshli ispaniyalik yulduzi Lamin Yamal reytingda yetakchilik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish38 134 ko‘rishlar0 izoh0

Football Benchmark indeksi bo‘yicha Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar ro‘yxati e’lon qilindi.

Foto: Europeangoldenboy

Ushbu reyting iste’dodli yosh futbolchilarning 2023-yilning 3-oktyabridan bugunga qadar qayd etgan ko‘rsatkichlari asosida shakllantirilgan. 

Hozirda ushbu reytingda “Barselona”ning 16 yoshli ispaniyalik yulduzi Lamin Yamal yetakchilik qilmoqda.

Foto: Europeangoldenboy

“Lans” jamoasida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Abduqodir Husanov ham reytingdan o‘rin olgan. Uning bu reytingdagi indeksi 61,4ga teng va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha 73 o‘rinni egallab turibdi.

Reyting yetakchisi Lamin Yamal 91.9 indeks ko‘rsatkichiga ega. Undan keyingi o‘rinlarda portugaliyalik Joao Neves (91.2) va “Manchester Yunayted” futbolchisi Garnacho (90) joy olgan. 

Golden boy Football Benchmark indeksi 2024-yil uchun 2004-yil yoki undan yuqori bo‘lgan yilda tug‘ilgan, UEFA reytingidagi eng yuqori 25 chempionatda o‘ynaydigan nomzod futbolchilarni saralab, 100 sportchidan iborat reytingni shakllantiradi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar