Daryo

IBA prezidenti Umar Kremlyov O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

IBA rahbari 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida mehmon bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish11 189 ko‘rishlar0 izoh0

14-aprel kuni Toshkentda ilk bor “IBA chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tadi.

Foto: Boks federatsiyasi

Ushbu boks janglarini jonli kuzatib borish va bokschilarni qo‘llab-quvvatlash uchun IBA prezidenti Umar Kremlyov ham Toshkentga tashrif buyurdi.

IBA rahbari va uning oila a’zolarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov va bir qator rasmiylar kutib oldilar. Bu haqida Boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Foto: Boks federatsiyasi

Oqshomning yangilangan kardi quyidagicha ko‘rinish olgan: 

  • -75 kg: A’loxon Abdullaev — Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston)
  • -71 kg: Iqboljon Xoldorov — Rahmanqo‘l Sagadat (Qozog‘iston)
  • -63.5 kg: Mujibillo Tursunov — Juma Choki (Tanzaniya)
  • -60 kg: Elnur Abduraimov — Carlos Ornelas (Meksika)
  • +92 kg: Jahongir Zokirov — Smaki Agron (Xorvatiya) 
  • +92 kg: Maylk Xanter (AQSH) — Artyom Suslenkov (Rossiya)
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Fatix Keles (Turkiya)
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Samuel Karmona (Ispaniya).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar