Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Daryo” kuzatuvchilaridan biri xabar berdi.
Aytilishicha, voqea viloyatning Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir bo‘lgan.
Haqiqatan ham, 25-maktabda shunaqa holat sodir bo‘lgan. O‘qituvchining qoshi yorilgan. Voqea haqida IIB xodimlariga ham xabar berilgan. Ayni paytda o‘qituvchi shifoxonada, — deydi “Daryo”ga kelgan ma’lumotni tasdiqlagan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov.
Mas’ulga ko‘ra, kaltaklangan o‘qituvchi maktabda jismoniy tarbiya fanidan dars berib keladi.
“Daryo” manbasiga ko‘ra, o‘qituvchi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan so‘ng o‘quvchining qarindoshlari maktabga kelib, o‘qituvchi bilan ko‘rishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat ro‘y bergan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipov voqea haqida surishtirib, batafsil ma’lumot berishini ma’lum qildi.
Tahririyatda ayni paytda o‘qituvchining ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)