Daryo

Bahodir Jalolovning Toshkentdagi jangi bekor qilindi

Toshkentda IBA chempionlar oqshomi bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish41 638 ko‘rishlar0 izoh0

14-aprel sanasida Toshkentda IBA chempionlar oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Proboxing

Markaziy jangda chempionlik uchun Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ushbu jang oqshomida Bahodir Jalolovning Xorvatiya vakili Agron Smakichi bilan jangi ham o‘rin olgan edi. Ammo Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang bekor qilingan. Bu haqda bokschining o‘zi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Instagram

“Assalomu alaykum! Barchangizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin. Sizlarga 14-aprel kungi jangim bekor bo‘lganini xabar qilmoqchiman. Hammasi Allohdan, bu yog‘iga asosiy e’tibor oldinda turgan Parij Olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. Insha Alloh biz buni uddalaymiz. Meni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga kattakon rahmat”,— deydi Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov. 

WBC mart oyi uchun yangilagan reytingda Bahodir Jalolov o‘z vazn toifasida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar