Daryo

Turkiya Isroilga tovarlar eksportini chekladi

Isroil tashqi ishlar vaziri 54 nomdagi tovarlar eksporti cheklanganiga munosabat bildirdi

1 daqiqa o‘qish6 826 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya Savdo vazirligi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot sababli Isroilga 9-apreldan boshlab tovarlar eksportiga cheklov kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: IHA Photo

Ma’lum qilinishicha, Isroilga 54 nomdagi sanoat tovarlari eksporti cheklanadi. Aviatsiya yonilg‘isi, motor, elektr kabellari, neft, o‘g‘itlar, ayrim turdagi sanoat uskunalari, sement, marmar kabi tovarlar shular jumlasidandir. Cheklovlar Isroil harbiylari Falastin anklavini tark etguniga qadar kuchda qoladi.

Qaror zudlik bilan amalga oshirilishi kerak. Belgilangan cheklovlar Isroil o‘z xalqaro majburiyatlari doirasida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni eʼlon qilmaguncha va yetarli miqdorda yordamni uzluksiz yetkazib berishga ruxsat bermaguncha o‘z kuchida qoladi, — deyiladi vazirlik bayonotida. 

Shuningdek, vazirlik G‘azodagi vaziyat bo‘yicha BMTning uchta rezolyutsiyasi va Xalqaro jinoiy sudning “Isroil uchun majburiy bo‘lgan” bitta qarori qabul qilinganini eslatdi.

Isroilning eksport chekloviga munosabati

Isroil Turkiya hukumatining eksportni cheklash bo‘yicha harakatlariga javoban Turkiya tovarlarining “keng” ro‘yxatini tayyorlaydi, ularni yahudiy davlatiga olib kirish taqiqlanadi.

Turkiya Isroil bilan savdo kelishuvlarini bir tomonlama buzmoqda va Isroil bunga qarshi barcha choralarni ko‘radi, —  deyiladi Isroil TIV bayonotida.

“Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on HAMASni qo‘llab-quvvatlash uchun turk xalqining iqtisodiy manfaatlarini yana qurbon qilmoqda”, — deydi vazirlik rahbari Israel Kats.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar