AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Isroilni Eron yaqin sutkada mamlakatga hujum qilishi mumkinligi haqida xabardor qildi. Bu haqda Voxnews xabar berdi.
Eronning o‘nlab yuqori martabali amaldorlari va generallarining o‘limiga sabab bo‘lgan Suriyadagi Eron konsulligining yo‘q qilinishi mintaqada katta urushga sabab bo‘lish xavfi bor. Bu haqda Yaqin Sharqdagi baʼzi OAV xabar bermoqda, Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi Isroilni 48 soat ichida Erondan harbiy javob kutish bo‘yicha ogohlantirgan, — deyiladi materialda.
Al Mayadeen nashriga ko‘ra, Eron Isroildagi strategik nuqtalarga o‘z bazalaridan dronlar va raketalar “yomg‘iri” bilan birgalikda hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.
The Times of Israel gazetasining yozishicha, Isroil mudofaa kuchlari Eronning Suriyadagi missiyasiga berilgan zarba uchun javob qaytarilishidan qo‘rqib, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari zaxiralarini chaqirgan.
Bu harakat Eronning Isroil tomonidan Suriyadagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori mansabdor shaxsi Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari, korpusning yana besh zobiti va kamida bitta “Hizbulloh” a’zosi o‘ldirilishi ehtimoliga javob berish tahdidi ortidan amalga oshiriladi, — deyiladi postda.
Isroil Suriyadagi zarbaga Eronning ehtimoliy javobi bo‘yicha yuqori shay holatda ekani ma’lum qilindi.
Isroilning Eron konsulligiga hujumi
1-aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon mazkur hujum munosabati bilan Amerika javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.
Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016-yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafari Livan fuqarosi vafot etdi. Eronning BMT missiyasi zarbani terakt deb baholadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoraladi.








