Daryo

Bektemir Meliqo‘ziyevning jang sanasi e’lon qilindi

Ushbu jang Nyu York shahrida tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish7 950 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 20-aprel kuni fransiyalik Per Xuber Dibombega qarshi jang qiladi.

Foto: DAZN

Bu haqda bokschi bilan hamkorlik qiladigan Golden Boy promouterlik kompaniyasi rasman e’lon qildi.

Ushbu jang Nyu York shahrida tashkil etiladi va DAZN orqali translyatsiya qilinadi. Unda Bektemir o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi. 

Ma’lumot uchun, charm qo‘lqop ustasi shu kungacha professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. Bektemir Meliqo‘ziyev hisobida bitta mag‘lubiyat bor. Uning raqibi Xuber esa 23 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan. Xube ham Bektemir Meliqo‘ziyev singari bir marotaba mag‘lub bo‘lgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar