Daryo

Bahodir Jalolov “Humo Arena”da xorvatiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Aprel oyida Toshkentda “IBA Chempionlar oqshomi” tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish33 156 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 14-aprel kuni “Humo Arena”da navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Jalolov o‘z instagram sahifasiga quyidagi suratni joylab, “‘Humo Arena’da ko‘rishguncha, vatandoshlar” deya izoh qoldirgan.

Foto: Instagram / Bahodir Jalolov

Bahodirga o‘sha kuni xorvatiyalik Smakichi Agron raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Agron esa 30-sentyabr kuni Jozef Kormanini mag‘lub etgan.

“Humo Arena”da 14-aprel “IBA Chempionlar oqshomi” tashkil etiladi. Turnirning markaziy jangi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi. 

Shuningdek, turnirda Iqboljon Xoldarov, Elnur Abduraimov, Ruslan Abdullayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kabi o‘zbekistonlik bokschilar ham o‘z janglarini o‘tkazadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar