Daryo

Iqboljon Xoldarov 14-aprel kuni Toshkentda o‘z jangini o‘tkazadi

Iqboljon Xoldarov professional boksdagi so‘nggi jangini 2023-yil aprel oyida o‘tkazgan edi

1 daqiqa o‘qish4 298 ko‘rishlar0 izoh0

Super yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi, havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldarovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma‘lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Iqboljon Xoldarov 14-aprel kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida o‘tkaziladigan “IBA Chempionlar oqshomi”da ringga chiqadi. Hozircha Xoldarovga bo‘lajak jangda kim raqiblik qilishi tasdiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Iqboljon Xoldarov (5-0-0) professional boksdagi so‘nggi jangini 2023-yil aprel oyida meksikalik Eleazar Valensuyela Karrilyoga qarshi o‘tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi.

Ma‘lumot uchun, turnirning markaziy jangi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar