Daryo

WBO reytingi yangilandi. Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ko‘tarildi

Reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy olgan

1 daqiqa o‘qish54 362 ko‘rishlar0 izoh0

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Foto: DAZN

Unga ko‘ra, o‘tgan oyda 7-pog‘onada bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eliminator jangida g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov esa yarim o‘rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o‘ringa yuqoriladi. U o‘tgan oyda reytingning 3-pog‘onasidan joy olgandi. Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford bo‘lib turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan bormoqda.    

Qolgan bokschilar reytingdagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. 

Reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy olgan:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 6-o‘rinda qoldi;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg): o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinda qoldi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg): 7-pog‘onadan 6-o‘ringa ko‘tarildi;

Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi - 66,6 kg): bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa joylashdi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;

Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagi singari 15-o‘rinda qoldi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar