Daryo

Hasanboy Do‘stmatovning ukasi debyut jangida g‘alaba qozondi 

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchon shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda

1 daqiqa o‘qish20 972 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 2-mart kuni Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchon shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik 8 nafar professional bokschi ringga chiqadi. 

Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi. U filippinlik 28 yoshli Jover Amistosoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. 



O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan Faryozbek shu kungacha havaskor boksda 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

U 2022-yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar