Daryo

Falastin hukumati iste’foga chiqdi

Mintaqadagi arab davlatlari va AQSHning bosimi sababli tegishli qaror qabul qilindi

1 daqiqa o‘qish22 406 ko‘rishlar0 izoh0

Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye prezident Mahmud Abbosga rasman iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Foto: RNZ

Abbos mintaqadagi arab davlatlari va AQSHning bosimidan so‘ng iste’foga chiqishni so‘ragan. Falastin hukumatidagi amaldorlar tegishli ma’lumotni tasdiqlagan. Bungacha hukumat iste’foga chiqishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu Falastin administratsiyasi islohoti yo‘lidagi qadam sifatida ko‘rilmoqda. Abbosning sodiq ittifoqchisi hisoblangan 2005-yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lgan Shtaye muvaqqat hukumat rahbari lavozimida ishlashda davom etadi. Yangi hukumatni shakllantirish haftalar yoki oylar davom etishi mumkin. Uning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, G‘azodagi urushni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini xalqaro nazorat ostida sektordan olib chiqib ketishga erishish mumkinmi-yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi.

Mahmud Abbos qo‘l ostidagi Falastin administratsiyasi Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohilning bir qismini boshqaradi. Uning ichidagi eng muhim fraksiya Fath harakati bo‘lib, unga Abbos ham rahbarlik qiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar