Daryo

Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Ushbu jang Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish26 794 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning super yarim o‘rta vazn (-69,85 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.  

Ushbu vaznda WBA jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi kutilayotgan Isroil Madrimov va Magomed Kurbanov o‘rtasidagi to‘qnashuv 8-mart kuni Saudiya Arabistonining, Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi malum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Fevral oyidagi Butunjahon boks kengashi (WBC) yangilagan reytingda hamyurtimiz Super yarim o‘rta vazn (-69,8 kg) toifasida jahonda 8-o‘rinda bormoqda.

Kechaning markaziy bahsida Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘zaro to‘qnash keladi. 

 

Ma'lumki, Ngannu professional boksdagi faoliyatini boshlagan va debyut jangida Tayson Fyuriga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar