Daryo

Bektemir Meliqo‘ziyevning harbiy unvoni bir pog‘onaga ko‘tarildi (foto)

Meliqo‘ziyevga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining buyrug‘iga binoan harbiy unvon berildi

1 daqiqa o‘qish49 076 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning harbiy unvoni bir pog‘onaga ko‘tarildi. 

Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Katta leytenant Bektemir Meliqo‘ziyevga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining buyrug‘iga binoan “Kapitan” harbiy unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 2023-yilning oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o‘tkazib, 4-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar