Daryo

Mayk Tayson Fyodor Yemelyanenko bilan jang qiladimi? 

Avvalroq, Yemelyanenko boks afsonasi bilan jang bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi

1 daqiqa o‘qish24 311 ko‘rishlar0 izoh0

Boks afsonasi Mayk Tayson Fyodor Yemelyanenko bilan jang qilmaydi.

Bu haqida Taysonning vakillari so‘zlariga tayanib, jurnalist Chisanga Malata xabar bermoqda. 

“Mayk Yemelyanenko bilan jang borasida muzokaralar o‘tkazmayapti. Uning atrofidagilar bu xabar yolg‘onligini, u hech kim bilan jang borasida gaplashmaganini aytdi. U hozir ham, keyinchalik ham Fyodor bilan jang qilmoqchi emas”, — deb yozdi Malata.

Avvalroq, Yemelyanenko Tayson bilan jang bo‘lib o‘tishini, u bilan hozir muzokaralar ketayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boks qoidalari bo‘yicha jang Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar