Daryo

Qishning sovuq kunlarida joningizga oro kiradigan gadjetlar (foto)

Xitoydan kelgan g‘ayrioddiy kuchukcha eng sovuq vaqtlarda ham iliqlik baxsh etadi

1 daqiqa o‘qish15 030 ko‘rishlar0 izoh0

Ob-havoning bunday keskin o‘zgarishini kutmaganlar uchun sovuq kunlarda ayni muddao bo‘lgan foydali va samarali bir nechta gadjetlarni taklif qilamiz.

Kuchukcha shaklidagi grelka

Xitoydan kelgan g‘ayrioddiy kuchukcha sizga eng sovuq vaqtlarda ham iliqlik baxsh etadi. Bundan tashqari, uni istalgan joyga o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin.

Withings BeamO multiskopi

Mazkur gadjet sovuq kunlarda sog‘ligingizni kuzatishga yordam beradi. U termometr, tonometr va boshqa ko‘plab qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Ulardan ba’zilarini hatto bilmasligingiz ham mumkin.

Wacaco Nanopresso’dan portativ qahva qaynatkich

Qishki tirbandlikda qolib ketdingizmi? Tashvishlanmang, endi siz mashinada bemalol qahva ichishingiz mumkin. Ham yoqimli, ham foydali.

Tesla pledi (adyol)

Ko‘pchilikka Cybertruck endi qiziq bo‘lmasligi mumkin, ammo Teslaning issiqqina gadjeti ayni muddaodir. Uni qahva qaynatkichingiz bilan birga olib ketishingiz ham mumkin. Lekin ortiqcha narsa kutmang, bu shunchaki adyol.

Neyron tarmoq puxoviki

Mana bu haqiqiy texnologik yangilik! U qish uyqusiga ketib, bahorda uyg‘onadigan odamlar uchun mo‘ljallangan.

The North Face kurtkalaridan tayyorlangan noutbuk sumkasi

Kompaniya yaqinda o‘zining ajoyib xizmati bilan mashhur bo‘ldi. Ammo uning bu mo‘jizaga deyarli aloqasi yo‘q. Dizayner kompaniya mahsulotlaridan foydalangan, qolgani esa texnologiyaning ishi. Cho‘ntaklarning qoldirilgani esa sumkaga noodatiylik beradi.

Klaviatura uchun isitish moslamasi

Bu qurilma geymerlarga juda asqatadi. Gadjet normal haroratni saqlashga yordam beradi va qo‘lni sovqotishdan saqlaydi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar