Daryo

Qirg‘izistonning davlat qarzi 6 milliard dollardan oshdi

Respublika tashqi qarzining 38,1 foizi Xitoy Eksport-import bankiga to‘g‘ri keladi

1 daqiqa o‘qish15 330 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonning davlat qarzi (tashqi va ichki) oktyabr oyi oxirida 6 milliard 590 ming dollarni tashkil qildi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi. 

Foto: Sputnik Qirg‘iziston

Xabarga ko‘ra, 4 milliard 482,43 million dollar tashqi qarz, 1 milliard 518,16 million dollar ichki qarzdir. Oy davomida davlat qarzi 13,58 million dollarga oshgan. Tashqi qarz 4,15 million dollarga qisqargan, ichki qarz 17,72 million dollarga ko‘tarilgan.

Oktyabr oyi oxirida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57,82 foizni tashkil etdi.

Tashqi qarzning yarmidan ko‘pi (52,4 foiz) Qirg‘izistonning ko‘p tomonlama kreditlaridir — 2 milliard 347,93 million dollar. Mamlakatning ikki tomonlama imtiyozli kreditlari doirasida yana 2 milliard 77,55 million dollar (tashqi qarzning 46,3 foizi) qarzi bor. Ulardan respublika tashqi qarzining 38,1 foizi Xitoy Eksport-import bankiga to‘g‘ri keladi, bu oktyabr oyida 1 milliard 705,85 million dollarni tashkil etdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar