Daryo

Napoleon Bonapartning afsonaviy shlyapasi auksionda qariyb 2 mln yevroga sotildi

Mutaxassislar mazkur lot 600 — 800 ming yevroga sotilishini taxmin qilgan edilar. Kimoshdi savdosi vaqtida uning qiymati ko‘tarilib ketgan va lot Napoleonning bugungi kunga qadar auksionlarda sotilgan eng qimmat shlyapasiga aylangan

1 daqiqa o‘qish11 571 ko‘rishlar0 izoh0

Napoleon I Bonapartga tegishli bo‘lgan ikki burchakli bikorn shlyapasi Parij shahrida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 1,93 million yevroga sotildi. Imperator bu shlyapani XIX asrda Fransiyani boshqargan vaqtlari kiygan.

Mutaxassislar lotning 600-800 ming yevroga sotilishini taxmin qilgan edilar. Kimoshdi savdosi vaqtida uning qiymati ko‘tarilib ketgan va lot Napoleonning bugungi kunga qadar auksionlarda sotilgan eng qimmat shlyapasiga aylangan. Bungacha sotilgan bosh kiyimlar ichidagi eng qimmati – 2014-yilda 1,88 million yevroga pullangan shlyapa edi.

Foto: Dzen

Ekspertlarning aytishicha, Napoleon bu shlyapani 1808 — 1815-yillarda kiygan. Imperator Elba orolidan surgundan qochgan vaqtida ham uning boshida shu shlyapa bo‘lgan. Fransuz imperatorining ikki burchakli shlyapalari soni 120 tadan oshgan, ularning bor-yo‘g‘i 20 tasi hozirgacha saqlanib qolgan.

Foto: Dzen 

Napoleonga tegishli bo‘lgan shlyapalarning aksariyati bugungi kunda shaxsiy kolleksiyalar tarkibida saqlanadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar