Daryo

“Boshqotirma-2” multfilmining treyleri tomoshalar soni bo‘yicha Pixar rekordini qayd etdi (video)

Bundan avvalgi rekord “Muzyurak-2” multfilmi treyleriga tegishli edi. U taqdim etilganidan keyin 1 kun ichida 116 million marta tomosha qilingan

1 daqiqa o‘qish37 867 ko‘rishlar0 izoh1

Pixar studiyasi “Boshqotirma” multfilmining birinchi qismi taqdim etilganidan keyin oradan 9 yil vaqt o‘tib, uning davomi hisoblangan ikkinchi qism treylerini eʼlon qildi. Statistik raqamlar muxlislar multfilmning davomini intiqlik bilan kutganlariga ishora qilmoqda.

Pixarning tomoshalar soni bo‘yicha bundan avvalgi rekordi “Muzyurak-2” multfilmi treyleriga tegishli edi. U taqdim etilganidan keyin 1 kun ichida 116 million marta tomosha qilingan. “Boshqotirma-2” qahramonlari Elzaga tegishli rekordga ega chiqishdi. Treyler bir sutka ichida 157 million marta ko‘rilgan. Ushbu ko‘rsatkichning teng yarmi TikTok platformasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Europaplus

Multfilm mualliflari qo‘lga kiritgan natijadan mamnun ekanligini yashirmayapti.

“Treyler ayni vaqtda qayd etgan natijani ko‘rib, bundan minnatdor bo‘lmasligimiz mumkin emas. Uni tomosha qilgan barchaga tashakkur – multfilmni kelgusi yoz faslida kinoteatrlarda hamma birgalikda tomosha qilishini intiqlik bilan kutyapmiz”, – deb yozdi loyiha mualliflari.

Foto: Europaplus
Foto: Europaplus

“Boshqotirma-2” multfilmining birinchi treylerida Raylining anchayin ulg‘aygani, 13 yoshni qarshi olgani ko‘rsatilgan. Ijodkorlar multfilmda muxlislarni yangi sarguzashtlar kutayotganiga ishora qilgan.

 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar