Daryo

Turkiya Netanyaxu ustidan Xalqaro jinoiy sudga ariza berdi 

Isroil bosh vaziri G‘azodagi genotsid va insoniyatga qarshi barcha jinoyatlar uchun sudga tortilishi kerakligi ta’kidlandi

1 daqiqa o‘qish20 346 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azo sektoridagi genotsidda ayblab, Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi advokatlari xabar berdi.

Foto: Reuters
“Turkiya Respublikasi fuqarolarining vijdonini ifodalab, biz Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudiga da’vo arizasi berdik. U G‘azo sektorida sodir etgan genotsid va insoniyatga qarshi barcha jinoyatlar uchun sudga tortilishi kerak”, — deb yozdi advokat Metin Kulunk X ijtimoiy tarmog‘ida.

U da’voning birinchi sahifasini e’lon qilib, u 23 sahifadan iboratligi va Xalqaro jinoiy sudga yuborilishini ta’kidladi.

Изображение

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara Isroilni “harbiy jinoyatchi” deb e’lon qilish ustida ish olib borayotganini aytgandi. U Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni endi suhbatdosh deb hisoblamasligi, biroq Turkiya razvedka xizmati rahbari Isroil bilan aloqalarni davom ettirayotganini ta’kidlagandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar