Daryo

“Garri Potter”dagi Xagridning kulbasi ijaraga beriladi (foto)

Kulba sharqiy Angliyada, Yorkshir grafligidagi Liverton qishlog‘i yaqinida joylashgan. Bir sutka uchun o‘rtacha ijara narxi – 280 dollarni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish22 203 ko‘rishlar0 izoh0

“Garri Potter” franshizasi muxlislari uchun ajoyib yangilik: Airbnb platformasida Xagridning kulbasi ijaraga berila boshlandi. Kulba sharqiy Angliyada, Yorkshir grafligidagi Liverton qishlog‘i yaqinida joylashgan.

Foto: Airbnb

O‘rmon uyi tashqi tomoni tosh bilan qoplangan uchta alohida binodan iborat bo‘lib, unga gotika uslubidagi derazalar o‘rnatilgan. Uy eshiklarining atrofi fonuslar bilan yoritiladi, dalaning qoq o‘rtasida joylashgan kottejdan shu yerdagi sohil ko‘rinib turadi.

Foto: Airbnb

Kulbaning ijara narxi mijoz band qilgan sanadan kelib chiqib belgilanadi. Bir sutka uchun o‘rtacha ijara narxi – 280 dollarni tashkil etadi.

Foto: Airbnb
Foto: Airbnb

Uy ichida mehmonxona, yotoqxona, vannaxona va oshxona joylashgan. Sarguzasht ishqibozlari bu yerda o‘zlarini “Garri Potter” filmi ichiga tushib qolgandek his qilishadi.

 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar