Daryo

Foto: Bred Pitt 40 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

Noodatiy uy qoya ustida joylashgan va 1918-yilda taniqli meʼmor Charlz Grin tomonidan barpo etilgan. Uyning devorlari bir qarashda qoyaga tutashib ketgandek ko‘rinadi

1 daqiqa o‘qish35 496 ko‘rishlar0 izoh0

Gollivud yulduzi Bred Pitt 40 million AQSH dollariga Markaziy Kaliforniyaning Karmel-Xaylend hududidan hashamatli uy sotib oldi va o‘z nomidagi ko‘chmas mulklar sonini yana bittaga ko‘paytirdi. Bu mazkur hovli barpo etilganidan beri amalga oshirilgan eng qimmat kelishuvlardan biri hisoblanadi.

Foto: Legion Media 

Uy 1918-yilda taniqli meʼmor Charlz Grin tomonidan qurilgan. Aka-uka Charlz va Genri Grinlar Kaliforniyadagi bungalolar — tomi tekis ko‘rinishda yopilgan bir qavatli uylar uslubining yirik namoyondalaridan bo‘lishgan. Ammo ushbu loyihada meʼmor o‘zi sevgan uslubdan voz kechib, uyni shu yerdagi konlardan qazib olingan qumtosh va granit bilan bezatgan.  

Foto: Mydecor
Foto: Mydecor 

O‘z vaqtida tadbirkor va yozuvchi Deniyel Jeyms uchun qurilgan uy devorlari qoya bilan tutashib ketgandek ko‘rinadi, ularning o‘ziga xos tuzilishi odatiy loyihalardan keskin ajralib turadi. Uyning barcha xonalari bitta qavatda joylashgan.

Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 

Bred Pitt noodatiy ko‘rinishdagi uylarni kolleksiya qilishga qiziqadi, uning dunyo bo‘ylab turli hududlarda joylashgan ko‘plab ko‘chmas mulklari mavjud. Aktyor 1994-yilda Los-Anjelesning Los-Felis hududidan 1,7 million dollar evaziga kamtarona uy xarid qilgan, 2000-yilda esa Santa Barbaradan, okeanning shimoliy sohilidan maydoni 4,5 gektarga teng keladigan hovli sotib olgan.

Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 
Foto: Mydecor 

Ijodkor 2008-yilda Fransiyadan 28,4 dollar evaziga Shato Miraval hovlisini xarid qilgan va bu yerda Anjelina Joli bilan birgalikda farzandlarini tarbiya qilishni rejalashtirgan edi. 2016-yilda ajrashishga qaror qilgan juftlik Shato Miraval masalasida haligacha tortishib kelishadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar