Daryo

Amerikalik model va tadbirkor Kayli Jenner 1 soat ichida 1 million dollar ishlab topdi

Ayni vaqtda “Khy”ning ilk to‘plamiga tegishli charm trench, qo‘lqoplar va ko‘ylaklar sotuvda mavjud. Brendning rasmiy vakillari ikkinchi to‘plam birinchisidan tubdan farq qilishini aytib o‘tgan

1 daqiqa o‘qish76 659 ko‘rishlar0 izoh0

Milliarder va taniqli tadbirkor Kayli Jenner bundan bir hafta ilgari “Khy” deb nomlangan shaxsiy brendiga asos solgani haqida maʼlum qilgandi. Tadbirkorning yangi brendi unga yaxshigina daromad keltirib ulgurdi.

 
Maʼlumotlarga ko‘ra, brend 1 soat ichida 1 million dollarlik mahsulot sotgan. Ayni vaqtda “Khy”ning ilk to‘plamiga tegishli charm trench, qo‘lqoplar va ko‘ylaklar sotuvda mavjud. Brendning rasmiy vakillari ikkinchi to‘plam birinchisidan tubdan farq qilishini aytib o‘tishgan.

Foto: Khy

“Khy” brendi bozorga dadil qadamlar bilan kirib kelgan bo‘lsa ham, Kim Kardashyan tomonidan asos solingan “Skims” brendining muvaffaqiyatini takrorlashiga hozircha vaqt bor. Kim Kardashyanning brend ortidan ko‘rgan daromadi shu yilning yoz faslida 4 milliard dollardan oshgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar