Daryo

Ilon Mask G‘azoda aloqani tiklashga yordam beradi

Milliarder Falastin ma’muriyatining Starlink xizmatidan foydalanish so‘rovini ijobiy qabul qildi

1 daqiqa o‘qish27 619 ko‘rishlar0 izoh0

Falastin maʼmuriyati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sunʼiy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Falastin aloqa vaziri Izhak Sadr Al-Hadath telekanaliga ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoga zarur jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha xalqaro va gumanitar tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilinmoqda. 

“Rafah” nazorat punkti orqali jihozlar olib kirish bo‘yicha Misr bilan muzokaralar olib borilmoqda. Starlink Falastin bilan hamkorlik qilishga roziligini bildirgan.

“Biz allaqachon Starlink bilan bog‘landik, xalqaro va gumanitar tashkilotlar bilan ushbu uskunani joriy etish bo‘yicha ishlayapmiz, qator qurilmalarni sotib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Starlink ijobiy javob berdi”, — dedi u.

O‘z navbatida, Ilon Mask Starlink G‘azodagi xalqaro tashkilotlarni internet bilan ta’minlashini tasdiqladi. G‘azo sektori Isroilning yirik zarbalaridan keyin aloqa va internet bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keldi.

Starlink — amerikalik milliarder Ilon Mask asos solgan SpaceX loyihasidir. Loyihadan ko‘zlangan maqsad Yerning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi Internetga kirishni ta’minlaydigan minglab sun’iy yo‘ldoshlardan iborat global tarmoqni yaratishdan iborat.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar