Daryo

Ramzan Qodirov o‘g‘li Qur’on yoqqan yigitni urganini ko‘rsatdi (video) 

Checheniston rahbari o‘g‘lining harakatlarini ma’qullab, uning tanlovini hurmat qilishini aytdi

1 daqiqa o‘qish47 694 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni urgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.

Foto: Videodan kadr

Checheniston rahbari o‘g‘lining harakatini ma’qullaganini aytdi.

“Urdi va to‘g‘ri ish qildi. Qolaversa, har qanday muqaddas kitobga tajovuz qilgan, jumladan, uni ko‘rgazmali ravishda yoqib yuborgan va bu orqali katta mamlakatimizning o‘n millionlab fuqarolarini tahqirlagan har bir kishi qattiq jazolanishi kerak, deb hisoblayman”, — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.

Nikita Juravel bahorda Volgogradda masjid yonida Qur‘onni yoqish bilan bog‘liq aksiyadan so‘ng hibsga olingandi. Tergov qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, u buni “Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan 10 ming rubl uchun qilgani”ni tan olgan. Keyinchalik Juravelni Chechenistonga olib ketishgan.

“Bu yaramaslar davlat qurishni ham, uni rivojlantirishni ham xohlamaydi. Ular Rossiyada hamma tinch va yonma-yon yashashini istamaydi. Bunday provokatorlar va sotqinlar tanadagi kasal o‘simta bo‘lib, ularni kuydirish kerak.
Adamning xatti-harakatlaridan faxrlanaman. U doim tengdoshlari orasida emas, balki kattalar orasida o‘sishga intilishi bilan ajralib turardi, buning natijasida unda kattalarday sha’ni, qadr-qimmati va dinini himoya qilish ideali shakllanmoqda. Men uning tanlovini hurmat qilaman”, — dedi Checheniston rahbari.

Nikita Juravel avgust oyida kaltaklanishi yuzasidan Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkovaga murojaat yuborgandi. Juravel o‘z murojaatida Adam Qodirov uni tergov izolyatoriga kelgan vaqtida kaltaklaganini aytgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar