Daryo

Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun 72 million dollardan ko‘proq pul yig‘di

Bu mablag‘ Trampning respublikachilar partiyasidagi raqiblari yig‘gan mablag‘dan bir necha barobar ko‘pdir

1 daqiqa o‘qish8 322 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun 72 million dollardan ko‘proq pul yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mablag‘ uning respublikachilar partiyasidagi raqiblari yig‘gan mablag‘dan bir necha barobar ko‘pdir.

Bu haqda Bloomberg agentligi AQSH Federal saylov komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, Amerikaning sobiq rahbari iyul oyi oxirigacha xayriyadan 72,6 million dollar to‘plagan. Shulardan 61 million dollarini 2022-yil noyabrida prezidentlik poygasida ishtirok etishini e’lon qilganidan keyin olgan.

Shu bilan birga, Florida gubernatori Ron DeSantis hozirgacha bor-yo‘g‘i 17,2 million dollarga yaqin, AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli esa 13,9 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Tramp davrida AQSHning vitse-prezidenti bo‘lgan Mayk Pens esa atigi 888 ming dollar to‘pladi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar