Daryo

Caviar Jon Uik uslubidagi iPhone 15 ni taqdim etdi

Gadjet modellari hammasi bo‘lib uch xil ko‘rinishga ega bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish33 772 ko‘rishlar0 izoh0

Jon Uik — g‘azabga va energiyaga to‘la inson. Ushbu kinokartina dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi va undagi bosh qahramon ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy egalladi. Caviar brendi yaqinlashib kelayotgan iPhone 15 taqdimotidan oldin afsonaviy qotil Jon Uik uslubida yaratilgan gadjetni taqdim etdi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Gadjet modellari hammasi bo‘lib uchta ko‘rinishga ega bo‘ladi. Birinchisi Baba Yaga deb nomlanadi — bu filmdagi qahramonning laqabi. Bu smartfonning ko‘rinishi juda hayratlanarli. Uning korpusi ikkita to‘pponcha va porlab turgan ko‘zlari bilan qarab turgan Jon Uikning portretini eslatib turadi. Juda qo‘rqinchli ko‘rinadi, to‘g‘rimi? Biroq bu hammasi emas.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Keyingisining nomi — Bounty Hunter. Yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, qanotli bosh suyagi va to‘pponchalar Uikning adolat uchun kurashish istagini bildiradi. Ishlab chiqaruvchilar Viper’da bosh qahramon ruhining barcha kuchlarini qo‘yishni xohladi. Uchta variant ham 24 karatli oltin va titandan qilingan.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Jon Uikning o‘zi ham bunday zamonaviy gadjetdan bosh tortmasa kerak. Sentabrda iPhone 15 ning taqdimoti bo‘lib o‘tadi, keyin esa “Jon Uik”ning beshinchi qismi namoyish etiladi. Hozirda filmni suratga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar