Daryo

Yevropa Ittifoqidagi ukrainalik qochqinlar soni 4 milliondan oshib ketdi

Aksariyat ukrainaliklar Germaniya, Polsha va Chexiyadan boshpana olishgan

1 daqiqa o‘qish6 878 ko‘rishlar0 izoh0

Hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlarida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan 4 milliondan ortiq qochqin bor. Iyun oyida ularning soni qariyb 46 ming kishiga ko‘paydi, bu may oyiga nisbatan 1,1 foizga ko‘pdir.

Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyun holatiga ko‘ra, 4 million 70 ming ukrainalik qochqin Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida vaqtinchalik himoya maqomiga ega edi. Aksariyat ukrainaliklar Germaniya (28 foiz), Polsha (24 foiz) va Chexiyadan (9 foiz) boshpana olishgan.

Foto: Unian

Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida ukrainalik qochqinlar sonining eng ko‘p o‘sishi quyidagi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qayd etilgan:

  • Germaniya – 21 830 (+2,0 foiz);
  • Chexiya – 9 050 kishi (+2,7 foiz);
  • Irlandiya – 3 100 qochqin (+3,7 foiz).

Shu bilan birga, Polsha va Italiyada qochqinlar oqimi, aksincha, kamaydi. Shuningdek, Eurostat ukrainalik qochqinlarning mahalliy aholiga nisbatini hisoblab chiqdi. Har ming kishiga to‘g‘ri keladigan Ukraina fuqarolarining chet davlatlardagi soni quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Chexiya – 32,2;
  • Polsha – 26,6;
  • Estoniya – 25,8;
  • Bolgariya – 24,9;
  • Litva – 24,7.

Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoyani oluvchilar orasida iyun oyi oxiriga kelib 98 foizni Ukraina fuqarolari tashkil qildi. Ulardan 46,6 foizi ayollar, 34,4 foizi bolalar va 19 foizi erkaklardir.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar