Daryo

Qarishni sekinlashtiradi: 40 yoshdan oshgan barcha ayollarning kunlik menyusiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan hamyonbop sabzavotlar

Yallig‘lanish bilan kurashsangiz, avtomatik ravishda qarishni kechiktirasiz va metabolizmni rag‘batlantirasiz. Asosiy reja to‘g‘ri ovqatlanish va harakatsiz turmush tarzidan qochishdan iborat. Yallig‘lanishga qarshi tabiiy ingrediyentlarga boy bo‘lgan ba’zi oziq-ovqatlar mavjud

2 daqiqa o‘qish8 416 ko‘rishlar0 izoh0

Surunkali yallig‘lanish inson organizmida jiddiy muammo tug‘diradi. Uning o‘choqlari stress, zo‘riqish, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish tufayli paydo bo‘ladi. Agar bularni e’tiborsiz qoldirsangiz va ichki mikroyallig‘lanishlar kuchayishining oldini olmasangiz, bu autoimmun va kardiologik kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Surunkali yallig‘lanish ham qarishni tezlashtiradi va sog‘lom metabolizmga xalaqit beradi. Ammo muvozanatli, to‘g‘ri ovqatlanish vaziyatni normallashtirishga yordam beradi.

Foto: The Voice Mag
Yallig‘lanish bilan kurashsangiz, avtomatik ravishda qarishni kechiktirasiz va metabolizmni rag‘batlantirasiz. Asosiy reja to‘g‘ri ovqatlanish va harakatsiz turmush tarzidan qochishdan iborat. Yallig‘lanishga qarshi tabiiy ingrediyentlarga boy bo‘lgan ba’zi oziq-ovqatlar mavjud.

Sabzi

Sabzi beta-karotinga boy bo‘lib, organizm A vitamini hosil qilish uchun foydalanadi, bu yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. A vitamini suyak va terining salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Inson keksaygan sari uni yetarli darajada olishi nihoyatda muhim. E’tiborli jihati: A vitamini yog‘da eriydi, shuning uchun stressni kamaytirish xususiyati bilan mashhur bo‘lgan sabzi sharbati qaymoq bilan ajoyib kompozitsiya hosil qiladi.

Foto: The Voice Mag
Ham xom, ham termal qayta ishlangan sabzi juda foydali, lekin qaynatilgan ildiz sabzavotlarning glikemik indeksi juda yuqori ekanligini unutmang.

Sarimsoq piyoz

Foto: The Voice Mag

Sarimsoq tarkibida mavjud bo‘lgan organik  (unga o‘ziga xos ta’mini beruvchi) birikmalar immunitetingizni oshirish bilan birga ba’zi saraton kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Brokkoli va gulkaram

Albatta, xom karamning nordon ta’mga ega ekanligini bilasiz. Bunga yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega maxsus polifenollar javobgardir.

Foto: The Voice Mag

Brokkoli C-reaktiv oqsillarni, yallig‘lanish belgilarini kamaytirishda samarali. Yashil karam juda foydali va yallig‘lanishga qarshi bo‘lgan tabiiy antioksidantlar sulfurofanlarga boy. Brokkolida, shuningdek, kalsiy, kletchatka va ko‘p miqdorda suv mavjud. Bu ham uning yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, qarishni sekinlashtirmoqchi bo‘lsangiz va sog‘lig‘ingizni uzoqroq muddatga saqlamoqchi bo‘lsangiz, karamga tayanishingiz mumkin!

Kartoshka

Foto: The Voice Mag

Ha, g‘alati, ammo hamma uchun eng sevib iste’mol qilinadigan kartoshka surunkali yallig‘lanishni yengillashtiradigan va qarishni sekinlashtiradigan oziq-ovqatlar qatoriga kiradi.

Kartoshka kletchatka, kaliy va C vitaminiga boy. Kaliyning yuqori miqdori tufayli ildiz mevasi xolesterin va qon bosimini pasaytiradi, qaynatilgan yangi kartoshka esa revmatoid artrit bilan og‘riganlar uchun foydalidir — ular og‘riqni kamaytiradi. Asosiysi, toza ildiz mevalarni tanlashdir.

Yashil bargli sabzavotlar

Foto: The Voice Mag

Past kaloriyali ko‘katlar stress va yallig‘lanishga qarshi asosiy kurashchi hisoblanadi. Tarkibida ko‘plab antioksidantlar va polifenollar, shuningdek, temir, kaliy, magniy, A, C, E vitaminlari va boshqalar mavjud. Har bir ovqatni salat bilan birga iste’mol qiling — bu sizni ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi va qo‘shimcha ravishda oshqozoningizni to‘ldirish orqali ortiqcha ovqatlanishdan saqlaydi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar