Daryo

Putinni hibsga olish Rossiyaga urush e’lon qilishni anglatadi — JAR prezidenti

Siril Ramafosa Rossiya prezidenti BRIKS sammitiga kelsa, uni nega hibsga ololmasligini tushuntirdi

1 daqiqa o‘qish26 906 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa mamlakat rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni BRIKS sammitida bo‘lgan vaqtida hibsga olmoqchi emasligini aytdi. Bu haqda Insider Paper xabar berdi.

Foto: Reuters

Putin kelasi oy Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklif qilingan, biroq unga qarshi Xalqaro jinoiy sudi (XJS) tomonidan hibsga olish orderi berilgan. XJS a’zosi sifatida JAR Rossiya rahbarini hibsga olib, uni Xalqaro jinoiy sudga topshirishi kerak. JAR rahbari Putinning hibsga olinishi Rossiyaga urush e’lon qilishni bildirishini aytdi.

Ramafosa “Rossiya bilan urushga kirishish JAR Konstitutsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi” va bu uning mamlakatni himoya qilish burchiga zid ekanini ta’kidladi.

“Rossiya bilan urushga kirishish bizning konstitutsiyamizga to‘g‘ri kelmaydi. Men Respublikaning milliy suvereniteti, tinchligi va xavfsizligini himoya qilish, respublika aholisining yashash va xavfsizlik huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish, ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarga egaman”, — dedi u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar