Daryo

“Putin kelmasa, xursand bo‘lardik”. JAR BRIKS sammitiga Lavrovni yuborishlarini so‘radi

JAR hukumati Rossiya delegatsiyasining sammitda ishtirok etishi bo‘yicha uchta variant taklif qilgan

1 daqiqa o‘qish35 206 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosaning 2023-yil avgustida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitidagi delegatsiyasiga Vladimir Putin o‘rniga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda JAR vitse-prezidenti Pol Mashatile mahalliy Mail & Guardian gazetasiga ma’lum qildi.

Ramafosa va Putin
Foto: “TASS”
“Biz Rim statuti bilan bog‘liq ekanimizni tushunamiz, lekin kimnidir taklif qilib, keyin uni hibsga ololmaymiz. Agar u (Putin) kelmasa, xursand bo‘lardik”, — deya Mashatilaning so‘zlarini keltirdi “RBK”.

Nashrning yozishicha, avvalroq JAR hukumati Rossiya delegatsiyasining sammitda ishtirok etishi bo‘yicha uchta variant taklif qilgan:

  • Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarlik qiladi,
  • Putin uchrashuvda onlayn ishtirok etadi,
  • Uchrashuvga mezbonlik qilish Xitoydan so‘raladi.

Mashatilning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston va Braziliya sammitning Xitoyda o‘tkazilishiga qarshi chiqqan. Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Putinning uchrashuvda ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar