Daryo

“Meri Poppins qaytmoqda” va “Sherlok Xolms” filmlari suratga olingan Londondagi mashhur tarixiy uy 15 mln dollarga sotildi

Bu uyda Emili Blant, Kira Naytli, Ben Kingsli va Xyu Grant kabi britaniyalik taniqli aktyorlar ishtirok etgan filmlar tasvirga olingan

1 daqiqa o‘qish8 972 ko‘rishlar0 izoh0

London markazida o‘n sakkizinchi asrda barpo etilgan qasr 15 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “Pravila Mag”.

Foto: “Pravila Mag”

Bu uyda Ben Kingsli va Maykl Keyn ishtirokida “Hech qanday dalilsiz” (1988), shuningdek, aktrisa Emili Blant ishtirok etgan “Meri Poppins qaytmoqda” filmlari suratga olindi (2018).

Foto: “Pravila Mag”

Uy Vestminsterda, Big Ben yaqinida joylashgan. Saroyning maydoni 700 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda sakkizta yotoqxona, beshta hammom va besh yashash xonasi mavjud. Saroy Sotheby’s auksionida sotilgan, xaridorning ismi oshkor etilmagan.

Foto: “Pravila Mag”

Kira Naytli, Xelen Mirren va Morgan Friman ishtirok etgan Disney kinokompaniyasining filmi “Shelkunchik va to‘rt qirollik” (2018) xuddi shu uyda suratga olingan. “Inglizcha janjal” (2018) mini-serialining suratga olish jarayonida saroy xonalaridan biri Xyu Grant uchun kiyinish xonasi sifatida ishlatilgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar