Daryo

Elton Jon besh yillik xayrlashuv turnesini yakunladi. U eng serdaromad gastrol sifatida tarixda qoldi

“Men hayotimdagi eng ulkan martabaga erishdim. Musiqa bastalashdek haqiqiy quvonchning 52 yilligi”, — dedi musiqachi Goodbye Yellow Brick Road qo‘shig‘ini ijro etishdan avval

1 daqiqa o‘qish11 586 ko‘rishlar0 izoh0

Britaniyalik musiqachi Elton Jon besh yil davomida uzluksiz davom etgan xayrlashuv gastrollarini yakunladi. 76 yoshli qo‘shiqchi o‘zining so‘nggi konsertini Stokgolmda o‘tkazdi.

Foto: Google Images

Hammasi bo‘lib Jon konsertda 23 ta qo‘shiq ijro etdi. Finalda u xuddi shu nomdagi 1973-yilgi albomidagi Goodbye Yellow Brick Road shousining titul kompozitsiyasini kuyladi.

“Men hayotimdagi eng ulkan martabaga erishdim. Musiqa bastalashdek haqiqiy quvonchning 52 yilligi”, — deydi musiqachi Goodbye Yellow Brick Road qo‘shig‘ini ijro etishdan avval.

Jon bundan so‘ng hech qachon gastrol konsertlarini uyushtirmasligini ta’kidladi. Ammo u kelgusida “bir martalik” konsertlar o‘tkazishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.

Foto: “Pravila mag”

Yellow Brick Road Tour xayrlashuv konserti boshlanganidan so‘ng, bu vaqt ichida Elton Jon butun dunyo bo‘ylab 330 marta konsert berdi. Iyun oyining o‘rtalariga kelib Billboard shou uchun chiptalar sotuvi 900 million dollardan oshganini taxmin qildi. Shu tariqa bu turlar tarixdagi eng yuqori daromadga aylandi. Avvalgi rekord Ed Shiranga 800 million dollar miqdor bilan tegishli edi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar