Daryo

Rossiyadagi masjidda erkak Qur’on nusxalarini yoqib yubordi (video) 

Erkak mazkur harakatlarini “ichki ovozidagi chaqiriqlar” bilan izohlamoqda

1 daqiqa o‘qish43 622 ko‘rishlar1 izoh0

Rossiyaning Kabardino-Balkariya respublikasida noma’lum erkak masjidda Qur’onning bir nechta nusxasini yoqib yubordi. Bu haqda BAZA xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Hodisa 2-iyulga o‘tar kechasi Chegem Ikkinchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Erkak mahalliy masjidga borgan va Qur’on nusxalariga benzin sepib, uni yoqib yuborgan. Chegemskiy tumani rahbari Yura Borsov voqeada diniy motiv yo‘qligini aytmoqda.

Foto: BAZA
“Hozirda o‘t qo‘yishda sodir etgan shaxs qo‘lga olindi va o‘z qilmishini ‘ichki ovozidagi chaqiriqlar’ bilan izohlamoqda”, — dedi rasmiy va masjiddagi yong‘in tezda o‘chirilganini aytdi.

28-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda Qurʼonga hurmatsizlik boshqa ba’zi mamlakatlardan farqli ravishda jinoyat ekanini eslatgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar