Daryo

“Foton” zavodini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

“Foton” — elektron qismlar ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish29 652 ko‘rishlar0 izoh0

“Foton” zavodining ustav kapitalidagi 85,6 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Foto: Yandex

Xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qilindi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlar taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga asosan tijorat takliflarini 2023-yil 31-may kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etishi kerak.

Agar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Zavod haqida qisqacha ma’lumot

“Foton” — elektron qismlar ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi. Hozirda, unda 296 nafar ish o‘rni mavjud. Ustav kapitali 1,08 mlrd so‘m.

Jamiyatning yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 13.

Avvalroq “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”ni xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar