Daryo

Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi

Endi davlatlar o‘z valyutalarini AQSH dollariga konvertatsiya qilmasdan turib, transchegaraviy operatsiyalarni bevosita amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish18 834 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdo operatsiyalarida yuandan foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan Braziliya—Xitoy biznes-forumida Xitoy savdo vaziri o‘rinbosari Guo Tingting ma’lum qildi.

Foto: Bloomberg

Endi davlatlar valyutalarini AQSH dollariga konvertatsiya qilmasdan turib, transchegaraviy operatsiyalarni bevosita amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 

“Braziliya bilan yuanda to‘lov bo‘yicha kelishuv imzolandi, bu savdomizni ancha osonlashtiradi. Biz oziq-ovqat va mineral xomashyo sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchimiz, Xitoydan Braziliyaga va Braziliyadan Xitoyga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini qidiramiz”, — deydi vazir.

Xitoy so‘nggi 13 yil ichida Braziliyaning eng yirik savdo sherigi bo‘lgan. 2022-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash rekord darajada 150 milliard AQSH dollariga yetdi.

Xitoy yuanidan foydalangan holda kliring mexanizmlari bo‘yicha memorandum Xitoy Xalq banki va Braziliya Markaziy banki o‘rtasida 8-fevral kuni imzolangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar