Daryo

Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?

Fevral oyida umumiy 22 719 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

1 daqiqa o‘qish20 566 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda fevral oyida 22 719 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida mamlakat bo‘ylab eng ko‘p Cobalt ishlab chiqarilgan — 7 673 dona. O‘tgan yilning shu davrida ushbu rusumdagi avtomobilning ishlab chiqarilish hajmi 7 394 donani tashkil etgan.

Fevralda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida Damas ikkinchi o‘rinni egalladi —  6 149 dona. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 518 taga oshgan.

Uchinchi o‘rinda 5 174 dona ishlab chiqarilgan Lacetti-Gentra joylashgan. 2022-yilning mos davrida esa u eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘lgan edi — 8 124 ta. 

Keyingi o‘rinlarda esa Tracker (1 087 dona), Nexia T-250 (467 dona) va maxsus yengil avtomobillar (2 057 dona) joylashgan.

Bundan tashqari O‘zbekistonda Onix ishlab chiqarish ham fevral oyidan yo‘lga qo‘yildi — 112 dona avtomobil.

Avvalroq O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar sotuvi kamaygani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar