Daryo

U-20 Osiyo Kubogi—2023. O‘zbekiston yoshlari penaltilar seriyasida Janubiy Koreyani yengib, finalga chiqdi

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining ikkinchi finalchisi ham aniqlandi

1 daqiqa o‘qish40 194 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 yarim finalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 15-mart, chorshanba kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator vaziyatlar bo‘ldi. Biroq asosiy vaqt yakuniga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Unda ham hisob o‘zgarmadi va penaltilar seriyasiga navbat berildi. “Futbol lotereyasi”da omad o‘zbekistonlik futbolchilarga kulib boqdi.

O‘zbekiston finalda Iroq yoshlariga qarshi saf tortadi. Final o‘yini 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelgan. Unda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

U-20 Osiyo Kubogi—2023

Yarim final

15-mart, chorshanba

O‘zbekiston U-20 — Janubiy Koreya U-20 0:0

Penaltilar seriyasi — 3:1

O‘zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (23.Asad Jo‘raboyev, 21; 22.Sherzod Esanov, 67), 8.Behruz Asqarov (11.Shahriyor Jabborov, 84), 10.Umarali Rahmonaliyev, 13.Zafarmurod Abdurahmatov, 14.Abbos Fayzullayev, 15.Diyor Ortiqboyev, 17.Nodir Abdurazzoqov (19.Shahzod Akromov, 67), 20.Mahmud Mahamajonov.

Janubiy Koreya U-20: 1.Kim Chon Hun, 3.Hvan In Taek, 4.Choy Syok Hyun, 5.Park Hyun Bin (22.Mun Syon Min, 91), 7.Kim Yon Hak (17.Li Chun San, 106), 9.Li Yon Chun (18.Sun Jin Yon, 60), 10.Bae Chun Ho (2.Park Chan Vu, 53), 12.Cho Yon Kvan (13.Li Chun Je, 91), 14.Kan San Yon, 19.Kim Hi Sun (11.Kan Syon Jin, 46), 20.Kim Ji Su.

Ogohlantirishlar: Kan San Yon (28), Jo‘raboyev (35).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar