Daryo

Rossiya samolyoti Qora dengizda AQSH dronini urib tushirdi. AQSH bunga munosabat bildirdi

Holat yuzasidan Baydenga ma’lumot berilgan. AQSH davlat departamenti Rossiya bilan muzokara olib bormoqchi

1 daqiqa o‘qish35 696 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Qora dengiz uzra parvoz qilayotgan Su-27 samolyoti xalqaro havo hududidagi AQSHning MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: Getty Images

AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi 14-mart kuni Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengizdagi xalqaro havo hududida “ehtiyotsizlik va noprofessionallik” tufayli AQSH dronini urib tushirganini ma’lum qildi. 

Qo‘mondonlik bayonotida aytilishicha, Markaziy Yevropa (CET) vaqti bilan soat 07:03 da Rossiyaning ikkita Su-27 samolyoti dronlarni “xavfli va noprofessional” tutib olgan. Bayonotda Rossiya samolyotlaridan biri MQ-9 vintiga urilgani, oqibatda dron urib tushirilgani keltiriladi.

“Bizning MQ-9 samolyotimiz Rossiya samolyoti tomonidan urib tushirilguncha xalqaro havo hududida normal operatsiyalarni amalga oshirayotgandi”, — dedi AQSH Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Jeyms Xeker. 

Xekerning qo‘shimcha qilishicha, AQSH va ittifoqchi samolyotlar xalqaro qonunlarga muvofiq xalqaro havo hududida parvoz qilishda davom etadi. Rossiya ekipajining harakatlari “xavfli va noto‘g‘ri hisob-kitoblarga va vaziyatning beixtiyor keskinlashuviga olib kelishi mumkin”, — degan general.

Oq uy xabariga ko'ra, AQSH prezidenti Jo Bayden voqea yuzasidan xabardor qilingan. Ularning aytishicha, Davlat departamenti bu borada Rossiya bilan muzokara olib bormoqchi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar