Daryo

Rossiyada odam o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant 13 yilga qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi unga e’tibor qaratmagan ayolga besh marta pichoq sanchgan

1 daqiqa o‘qish26 618 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning Zyuzinskiy sudi odam o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantni 13 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Illyustrativ foto: “RIA Novosti”

Moskvadagi Sevastopolskiy prospektida 18-noyabr kuni ko‘kragidan pichoq jarohati olgan 29 yoshli qizning jasadi topilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston fuqarosi Tambov viloyatida qo‘lga olingan. Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkak qizga e’tibor ko‘rsatgan, marhuma esa bunga javob qaytarmagan. O‘zbekiston fuqarosi shu sababli qizga besh marta pichoq sanchib, uni o‘ldirgan.

“Aybdor 13 yilga qattiq rejimdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qilindi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, marhuma oziq-ovqat do‘konida ishlagan va qotillikdan oldin politsiyaga o‘zbekistonlik erkak unga ta’qib qilayotganini aytgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar