Toshkent shahar Yashnobod tumanida avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 28-fevral kuni soat 08:20 larda avtobus haydovchilari — 1995-yilda tug‘ilgan M.M. va 1991-yilda tug‘ilgan N.B. Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yo‘l talashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan M.M. va B.N.ga nisbatan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)