• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Ko‘zoynaklar nega terlaydi va oldini olish uchun nima qilish kerak?

    Ushbu noxush muammoni maxsus yoki qo‘lbola vositalar bilan osongina hal qilsa bo‘ladi.

    Nima uchun ko‘zoynaklar terlaydi?

    Buning sababi harorat keskin pasayib ko‘tarilishidir. Qishda tashqarida yurganda linzalarning yuzasi soviydi va issiq xonaga kirganingizda, havodagi namlik ularga mayda tomchilar — kondensat shaklida joylashadi. Agar sovuqda iliq havo linzalarga urilsa yoki qaynoq suv solingan idishga boshingizni egsangiz, xuddi shunday bo‘ladi.

    Ko‘zoynakni kondensatsiyadan qanday himoya qilish kerak?

    Eng ishonchli usul — gidrofobik qoplamali linzalar o‘rnatish. U oyna sirtini silliq qiladi va suv tomchilari uning ustida turib qolmaydi. Bunday linzalar oddiylariga qaraganda qimmatroq, lekin ularni qayta ishlashga va artishga hojat bo‘lmaydi.

    Agar ko‘zoynakni almashtirishni reja qilmayotgan bo‘lsangiz, ko‘zoynakni kondensatsiyadan o‘zingiz mana shunday usulda himoya qilib ko‘ring.

    Maxsus vositalar

    Optik do‘konlarda tarkibida gidrofobik birikmalar bo‘lgan spreylar yoki ushbu modda singdirilgan ko‘zoynak salfetkalari shaklida topish mumkin. Ushbu vositalar antifoglar deb ham ataladi. Ular sirtda namlikni qaytaradigan yupqa ko‘rinmas plyonka hosil qiladi. Uydan chiqishdan oldin, ko‘zoynakni changdan tozalab artib, antifogdan linzalarga teng ravishda taqsimlab purkashingiz va yaxshilab qurishini kutishingiz kerak. Bu jarayonni har safar ko‘chaga chiqishdan avval bajarish talab etiladi.

    Ushbu yechim har qanday ko‘zoynak uchun ishlaydi: quyosh nuridan himoya qiladigan, uzoq va yaqinni ko‘rishga, suzishga va boshqa sport turlariga mo‘ljallangan ko‘zoynaklar uchun ham.

    Qo‘lbola uslubda tayyorlangan vositalar

    Antifoglarning afzalligi uning linzalar uchun xavfsizligidadir. Agar yana bir boshqa muqobil variantdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval ko‘zoynaklaringizni maxsus qoplama (masalan, oleofob yoki ultrabinafsha nurlarga chidamli qoplamalar) mavjudligini tekshiring. Ushbu texnik xususiyatlar, odatda, linza ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning veb-saytida keltirilgan bo‘ladi.

    Hech qanday cheklovlar topmasangiz, stakanga oddiy suyuq sovun, yumshoq shampun yoki idishlarni yuvish vositasidan bir oz miqdorda aralashtiring. Qorishmani tozalangan linzalarga bir necha tomchi suring va yupqa oynalar bo‘ylab bir tekisda paxtali disk yordamida yoyib chiqing. Ko‘zoynakni to‘liq qurishi uchun qoldiring, keyin ularni yumshoq, iz qoldirmaydigan mato bilan yaxshilab artib oling.

    Qaysi vositalardan foydalanmagan maʼqul?

    Internetda aksar hollarda maxsus vositalarni almashtirish uchun boshqa mavjud variantlarni maslahat beriladi. Tish pastasi, glitserin va avtomobil oynalarini tozalash uchun spreylar shular jumlasidandir. Ushbu ro‘yxatdagilarning hech qaysisidan foydalanishni tavsiya etmaymiz. Tish pastasida linzalarni osongina tirnaydigan abraziv moddalar mavjud, glitserinni shishaga tekis va chiziqlarsiz surish qiyin, avtomobil spreylari, odatda, kuchli moddalardan tarkib topadi va hokazo.

    Yana nima yordam bera oladi?

    Quyidagi maslahatlar profilaktika uchun foydadan holi emas:

    • Linzalarga tegmang. Barmoqlardan qolgan yog‘ izlari va boshqa ifloslantiruvchi moddalar kondensatsiya hosil bo‘lishini kuchaytiradi, shuning uchun ko‘zoynakka qo‘l tegizmaslikka harakat qiling. Ko‘zoynaklarni muntazam ravishda maxsus salfetkalar bilan artib turishni unutmang. Artayotganda kiyimdan yoki oddiy kundalik sochiqdan aslo foydalanmang. Dag‘al tolalar linzalarga zarar yetkazishi mumkin.
    • Ko‘zoynakni faqat o‘z qolip idishida saqlang. Nam tomchilari ham birinchi galda mayda tirnalgan joylarga yopishadi, shuning uchun himoya aksessuaridan foydalanishni unutmang.
    • Ko‘zoynakni burun ustidan taqing. Ular yuzga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik ko‘p terlashga moyil bo‘ladi. Havoning erkin aylanishini taʼminlash uchun ko‘zoynakni o‘zingizga qulay holda taqing: yuzga o‘ta yaqin ham emas, uzoq ham emas. Agar burunga tushib qolaversa, ramkalar mustahkamligini tekshirib olish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Sabzi kerak emas: ochiq havoda o‘ynash ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradimi?
    • Ko‘zoynak, telefon va qog‘oz salfetka bilan tozalash tavsiya etilmaydigan boshqa buyumlar (foto) 
    18.02.2023, 10:04   Izoh (0)   5422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sovun qoldiqlaridan samarali foydalanish uchun 20 ta layfxak

    17.02.2023, 18:48

    Qanday kiyimlarni “tez yuvish rejimi”da yuvish mumkin emas?

    16.02.2023, 21:37

    Changyutkichning tez buzilishiga sabab bo‘ladigan 7 ta narsa

    15.02.2023, 21:49

    Uyda hoziroq almashtirilishi kerak bo‘lgan 10 ta narsa

    14.02.2023, 21:51

    Nima uchun ovqatdan keyin uyqu tortadi va bu xususda nimalarni bilish muhim? 

    14.02.2023, 16:56

    Kiyimdagi dazmol izlarini qanday ketkazish mumkin?

    14.02.2023, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda qalbaki 1 600 dollarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 18:05

    “Man Siti” Abduqodir Husanovni “Lion”ga tekinga ijaraga berishni istamadi — OAV

    Sport | 21 iyun, 17:22

    Toshkentdagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 17:10

    O‘zbekistonda 22-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 16:50

    CBS: AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Xomanaiyning bo‘lajak vorisini muhokama qilmoqda

    Dunyo | 21 iyun, 16:20

    Ilkay Gundo‘g‘an Turkiya klubiga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 21 iyun, 16:16

    Tunisning sobiq prezidenti 22 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 21 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.